* * *
— Azizim, agar mendan yana bir marta bo’sa olsangiz, umrbod sizniki bo’laman.
— Ogohlantirganing uchun tashakkur!
* * *
— Menga turmushga chiqishga rozimisiz?
— Ha, roziman!
— Oh! Sizni qirq bitta yirtiq paypoqlarim nomidan qutlashga ruxsat bering!
* * *
— Oyi, men u odamga tegmayman. Axir, qari-ku!
— Sen uni pishirib yemoqchi emassan-ku, qizim!
* * *
— Dugonajon, sevgan yigitingning yaqinlari seni yoqtirishmasmish. Shu rostmi?
— Ha, xotini meni g’ajib tashlashga tayyor!
* * *
Qiz dugonasiga erkakning suratini ko’rsatib dedi:
— Ko’rib turganingdek, u juda kelishgan erkak emas. Yuz tuzilishi ham oddiy, ko’rimsiz. Lekin suratdagi manavi quvurga e’tibor qil. Bu uning neft quvurlaridan bittasi.
* * *
Erkak do’kon sotuvchilarining biridan so’radi:
— Xonim, agar kissangizda yuz ming so’m pulingiz bo’lsa, do’konning qaysi bo’limiga kirardingiz?
— Albatta kosmetika bo’limiga.
— Rahmat! Xotinimni yo’qotib qo’ygandim. O’sha bo’limga o’ta qolay!
* * *
— Do’xtir, xotinimning yo’tali sira to’xtamayapti. Ichmagan dorisi qolmadi. Baribir foydasi bo’lmayapti.
— Giyohlardan berib ko’rdingizmi?
— Undanam berdim. Nuqul hiring-hiring kuladi-yu, baribir yo’talaveradi.
* * *
— Yaxshi qiz, oq otda keladigan shahzodangizni anchadan beri kutyapsizmi?
— Ha.
— Mana, men keldim!
— Voy, muncha yaxshi? Shahzoda-chi? U nega kelmadi?
* * *
Vrach bemordan so’radi:
— Xo’sh, men yozib bergan dorilar sizga yordam berdimi?
— Juda katta yordam berdi. Boyvachcha tog’am adashib o’sha doridan ichib qo’ygan ekan, mana, ko’rib turganingizdek yagona merosxo’rga aylanib o’tiribman!
* * *
Qiz xudoga nola qilyapti:
— Xudoyim, o’zim uchun so’ramayman, oyijonim uchun aqlli, kelishgan, boyvachcha kuyov ato qilgin!