Bu qiz Xitoyning Shandun viloyatida yashovchi 11 yoshli Chjan Ziyu hisoblanadi. Hozirning o’zida qizaloqning bo’yi ikki metrdan oshib ketgan. Ginnes rekordlar kitobi mutasaddilari uni dunyodagi eng bo’ydor qiz sifatida tan olishdi.

Chjan Ziyu barcha bo’yi novchalar kabi kelgusida basketbolchi bo’lishni orzu qilarkan. Qolaversa, u xasta emas. Soppa-sog’. Ota-onasi ham bo’ydor odamlar. Demak, Ziyuga bo’ydorlik ota meros.

Xitoylik 11 yashar qizaloqning bo'yi 2 metr-u 10 santimetr. Uning nomi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi…

Qizig’i, Ziyu maktabda nafaqat o’quvchilar, balki muallimlardan ham novcha. Qizaloqni bo’yi novchaligi sababli oxirgi partaga o’tqazib qo’yishgan. Garchi kumiri amerikalik basketbolchi Lebron Jeyms bo’lsa-da, Ziyu undan ham novcharoq. Lebron hozirgi vaqtda 2 metr 3 santimetr bo’yga ega xolos. Qizaloq sport to’garaklariga muntazam ravishda qatnashadi. Bundan tashqari, ashula va raqs masalasida undan o’tadigani yo’q. Sport va boshqa sohalarda unga onasi murabbiylik qiladi.

Aytishlaricha, birinchi sinfga borgandayoq Ziyuning bo’yi 1 metr 60 santimetrga teng bo’lgan. Maktabdagi barcha o’quvchilar uni yaxshi ko’rishadi. Qizaloq ularning barchasini bezorilardan bajonidil himoya qiladi.

Xitoylik 11 yashar qizaloqning bo'yi 2 metr-u 10 santimetr. Uning nomi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi…

esoreiter. ru