***

— Dadasi, bugun kechasi juda yomon uxladim.

— Bilaman. Uyqu orasida nimalardir deb javrading.

— Rostdan-a?

— Ha.

— Nima deb javradim?

— Bilmadim, esimda yo’q.

— Ana, oyim haq! Siz hech qachon mening gapimga quloq solmaysiz, ha!

***

Ishlayverib charchagan ikki millioner baliq oviga borishni, shu bahonada dam olishni istab, buning uchun alohida mashina, ov anjomlari, yaxta sotib olishdi. Hafta oxirida g’irt mast holda bir dona kichkinagina baliq tutishdi. Biri o’ylab turdi-da, sherigiga dedi:

— Tasavvur qil, mana shu kichkina baliq uchun sakson ming dollar sarflabmiz!

— Yaxshiyam bittaginasini tutdik.

***

Halokatga uchragan samolyotning qora qutisini ochishganda, uchuvchining so’nggi so’zlari yozilgan edi:

— Ishon, xotining men  bilan umuman uchrashmagan!

***

Buyurtmachi quruvchidan so’radi:

— Devorlar juda yupqa qurilgan emasmi-a?

— Xavotir olmang, hali bu devorlarga gulqog’oz ham yopishtirib chiqiladi.

***

— Menga qara, uyga kech kelsang, xotining nima deydi?

— Bilmadim, men uylanmaganman.

— Ie, unda uyga kech kelishingning nima zarurati bor?

***

Muxbir bosh muharrirga dedi:

— O’rtoq  bosh muharrir, men shu kungacha bolalarimni maoshim evaziga boqib kelardim. Ammo ular yaqinda boshqa bolalar ovqat yeyishlaridan xabar topib qolishibdi.

***

Bolalar bog’chasi darvozasidagi e’londan:

— Bugundan boshlab  bolalar o’tiradigan kursicha va xavfsizlik kamari bo’lmagan otalarga bolalarini bo’ynilariga mindirib kelish taqiqlanadi.

***

FOYDALI MASLAHAT:

— Ishxonada ertalabdan qahva ichmang! Aks holda tushgacha uxlay olmay qiynalasiz.

***

Sudya erkakdan so’radi:

— Demak, har kuni kechqurun ishdan qaytib uyingizdagi shkafda begona erkak o’tirganini ko’rardingiz. Shundaymi?

— Ha.

— Ajralishingizga asosiy sabab ham shu bo’ldi? To’g’rimi?

— Ha.. Vey, kostyum ilishga joy topolmay xunob bo’laman har kuni!

***

Oq ayiq o’rmonda ketayotsa, yo’lidan eshak chiqib qoldi. U eshakdan so’radi:

— Hoy, eshak, shimoliy qutbga qanday borsa bo’ladi?

— Bilmadim. Biroz kutib tur, og’aynilarimdan so’rab ko’ray!

Birozdan so’ng u bir to’da eshaklarni yetaklab keldi va oq ayiqqa dedi:

— Shimoliy qutb qaerdaligini bilmadim-u, lekin eshak deganing uchun endi javob berasan.

Olimjon HAYIT tayyorladi