Xitoyning Ichki Mo’g’uliston mintaqasida bir tuya o’zining avvalgi xo’jayini yoniga qaytish maqsadida 100 kilometrdan ziyod yo’lni yurib o’tdi. Shu haqdagi xabar “Truth Theory” nashri orqali tarqatilgan.
Temur ismli yigit 2019 yil kuzda o’zining 20 yashar moda tuyasini boshqa bir cho’ponga sotib yuborgandi. Buni qarangki, oradan 8 oy o’tgach, jonivor avvalgi sohibi yoniga qaytgisi kelib qoldi. Tuya yangi egasi qaramog’idan qochdi va tog’, qirlar oralab, qo’riq, cho’llarni ortda qoldirib 100 kilometrdan ortiq masofani zabt etdi. Temur qadrdon jonivori tanasida ko’plab yara izlarini, shilingan, shishgan joylarni ko’rdi. Bu belgilar tuya ancha-muncha to’siqlar, dovonlardan o’tib kelganidan dalolat edi.
Shu voqeadan keyin Temur o’sha tanish cho’pon bilan yana bog’landi va tuyaning o’rniga boshqa biror jonivor olishni taklif qildi. Bir o’rkachli sodiq do’stini esa o’zi bilan olib qoldi. Shuncha qiyinchiliklarni boshidan kechirgani evaziga tuyaga o’ziga xos, yuksak e’tirof va hurmat ramzi bo’lgan «xadak» — maxsus marosimlarda taqiladigan sharf hadya etdi.
O’zA
loading…