Osh o'rniga tosh yeydigan ayol

AQShning Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchi Tereza Videner ko’pincha ovqat o’rniga tosh tanovul qiladi, deb yozgan «Yandex dZen».

50 yoshli bu ayolning so’zlariga ko’ra, tosh uning kayfiyatini ko’taradi. Ma’lumotlarga qaraganda, Tereza bir haftada ikki kilogramm tosh iste’mol qilar ekan, u o’ziga zarur ushbu «egulik»ni dengiz sohilidan terib oladi, so’ngra mayda bo’laklarga bo’lib, chaynab yeydi. Shifokorlar bu ayolning organizmida temir moddasi yetishmasligi uning tosh yeyishiga sabab bo’layotganini ta’kidlashmoqda.

ZARINA tayyorladi.

(«7 Mo»jiza» xazinasidan)

loading…