Xitoy Sariq dengizdagi platformasidan uchirilgan “Serera-1” tijoriy raketa-tashuvchisi yordamida to’rtta sun’iy yo’ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.
Raketa va sun’iy yo’ldoshlarning uchirilishi seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 17.34 da Sharqiy Xitoyning Shandun viloyatidagi Xayyan shahri yaqinidagi akvatoriyadagi platformadan amalga oshirildi. Missiyani Xitoy shimolidagi Shansi viloyatida joylashgan Tayyuan kosmodromi xodimlaridan iborat guruh boshqargan.
Raketa “Tyansi-21”, “Tyansi-22”, “Tyansi-23” va “Tyansi-24” sun’iy yo’ldoshlarini 800 kilometr balandlikka olib chiqdi. Guruh 2024 yilda to’liq joylashtirilishi va ishga tushirilishi kutilmoqda, deb xabar beradi ria.ru.
Izohlarni ko`rish