Asrlar davomida ko'plab sivilizatsiya va madaniyatlarni qamrab olgan shahar – Adiyaman

 

Tarix davomida ko’plab sivilizatsiya va madaniyatlarni o’z ichiga olgan bu qadimiy shahar sizga o’tmishdan ko’p sirlarni «pichirlaydi». Asrlar davomida ulug’vorligi bilan butun dunyo e’tiborini o’ziga tortgan Namrud tog’ining «tangrilar va qirollar” nomli haykallarini ko’rish, o’zining tabiiy go’zalligi bilan YuNESKO tomonidan Jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan ushbu shaharning afsuniga tushishni istasangiz Adiyamanga tashrif buyuring!

Adiyaman Namrud tog’i quyosh chiqishida ham, botishida ham beqiyos bo’lib, sizni lol qoldirish uchun qulog’ingizga pichirlagan qadimgi haykallari sizni hayratda qoldiradi.

Kommagena sivilizatsiyasining insoniyatga tuhfasi bo’lgan Adiyamandagi muhtasham «tangrilar va qirollar” haykallari bilan butun dunyoning diqqat markaziga aylangan Namrud tog’i har yili mehmonlariga rang qo’shmoqda.

 

1987 yili YuNESKO tomonidan “Jahon Madaniy Merosi” ro’yxatiga kiritilgan Namrud tog’i va atrofidagi haybatli mozor tepaligi, Onado’li tuproqlaridagi 18 ta joydan biridir.

1988 yilda Milliy bog’ deb e’lon qilingan mintaqa Turizm Yozuvchilari va Jurnalistlari Xalqaro Federatsiyasi FIJET tomonidan Turizm Oskari deb qabul qilingan “Oltin olma” mukofotiga loyiq deb topildi.

Zevs, Apollon, Gerakl, unumdorlik va omadni ifodalovchi ma’buda Komagene va butun jasorati bilan qirol Antiox. Ular “xudoning elchisi” burgut va qudrat ramzi bo’lmish Arslon himoyasida ming yillar davomida o’zlarining butun shuhrati bilan tikilib kelmoqdalar.

Namrud tog’i

Namrud tog’i xarobalari Adiyamanning Kaxta tumani chegaralarida joylashgan. Kommagena qiroli Antiox I tomonidan 2206 metr balandlikdagi Namrud tog’i etagida xudolar va ajdodlarga minnatdorchilik bildirish maqsadida qurilgan qabrlar va monumental haykallar ellinistik davrning ajoyib namunalaridir. Monumental haykallar sharq, g’arbiy va shimoliy terrasalarda tarqalgan. Yaxshi saqlangan gigant haykallar ohaktosh va qumtosh bloklaridan yasalgan bo’lib, balandligi 8-10 metrni tashkil qiladi.

 

 

Namrud tog’i nekropoli

Dastlabki balandligi 55 metr bo’lsada, tabiat va insonlar ta’sirida yuzlab yillar davomida nekropolning balandligi 50 metrgacha pasaygan. Umumiy hajmi 30 ming kub metr bo’lgan o’yma toshlarning nekropol ustiga qo’yish natijasida hosil bo’lgan. Ma’lumki, nekropol Kommagena qiroli Antiox I ga tegishli maqbaradir.

 

 

Perre qadimiy shahri

Shahar markazidan 3 kilometr shimolda joylashgan Perre, qadimgi manbalarda Me’arath Gazze Poron, Mesopotamiyada esa Pirin va Perin deb atalgan. Shahar Kommagena qirolligining beshta yirik shaharlaridan biri (miloddan avvalgi 163 – miloddan avvalgi 72 yillar). Malatya (Melitene) va Kommagenaning poytaxti Samsat (Samosata) ni bog’laydigan yo’lda bo’lishi shaharning geosiyosiy ahamiyatini oshiradi.