Dunyoga mashhur ilk geograf olimi Strabonning ona shahri; 8500 yillik tarixga qaramay dastlabki ko’rinishini saqlab qolgan, Xetitlardan Turkiya Respublikasigacha bo’lgan ko’plab taraqqiyot bosqichlariga guvoh bo’lgan, Yeshilirmak va uning betakror daralari bilan tanishish uchun Amasiyaga tashrif buyuring! Chuqur ildizga ega madaniyati va tabiati bilan ajralib turadigan shahar, YuNESKOning Jahon merosi taxminiy ro’yxatiga kiritilgan «Harshena tog’i va Pontus qirol qoya maqbaralari», Amasya qal’asi, muzeylar, Sulton II Boyazid majmuasi, Qizlar saroyi, Yeshilirmakning ikki tomonidagi Yaliboyu uylari va moziy isi ufurib turgan an’anaviy ko’chalari 8500 yillik tarix qadriyatlarini o’zida mujassam etadi.
Amasya muzeyi
Amasiya muzeyida so’nggi Neolit va ilk Eneolit davri, Bronza, Xet, Urartu, Frigiya, Skif-Kimmer, Fors, Pont, Rim, Vizantiya, Saljuqiy va Usmonli davrlariga oid ko’plab sivilizatsiya asarlarini uchratish mumkin.
Amasya Harshena qal’asi
Harshena qal’asi, shahar markazidagi Harshena tog’ida joylashgan bo’lib, uchta asosiy qismdan iborat: Yuqori qal’a (Akropol), Qizlar saroyi (Nekropol) va Quyi qal’a (Ichki shahar).
Harshena tog’i va Pontus qirol qoya maqbaralari
Harshena tog’i va Pontus qirol qoya maqbaralari 2015 yilda YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan. Qoya mozorlari, Onado’lining eng monumental yodgorliklari bo’lib, dunyodagi qoya mozorlari an’anasining yorqin namunalaridan biridir.
Yaliboyu uylari
Eshilirmak daryosi bo’yida tizilgan an’anaviy Usmonli saroy va uylari Amasiya me’morchiligida muhim o’rin egallagan va qadimiy Amasiya uylaridan saqlanib qolganlari asosan XIX asrga oid namunalardir.