Xabarovsk (Rossiya)da “Nash vыbor 27” (“Bizning tanlov 27”) ko’rgazma yarmarkasida osh pishmasidan Moskvadagi mavzoleyga singari uzun navbat yig’ildi.
Barcha “Samarqand” restorani oshpazlari palovni qanday tayyorlanayotganini qiziqish bilan tomosha qildi, deb yozmoqda «Zarafshon» nashri.
– Palovga 100 kg uruch, 100 kg sabzi, 20 litr yog’, 65 kilogramm qo’y va mol go’shti solindi, deydi Butun jahon o’zbek uyushmalari kongressi muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Rahim Islomov. – Biz 3 mingdan ortiq kishiga palov ulashdik.
Bosh oshpaz G’ulomiddin Islomov yig’ilganlarga Samarqand oshi nimasi bilan farq qilinishini tushuntirdi.
Ko’rgazma-yarmarkada boshqa xalqlar taomlari ham mehmonlarga tortildi.
manba: darakchi.uz
Izohlarni ko`rish