«WhatsApp» messenjerida smartfonni ishlashdan to'xtatuvchi, aniqrog'i, qotirib qo'yuvchi SMS xabar paydo bo'ldi…

«WhatsApp»dan foydalanuvchilar bugun ommaviy tarzda smartfonga ziyon yetkazuvchi SMS xabar paydo bo’lganidan mutasaddilarga shikoyat qila boshlashdi. Haqiqatan, hech kimga keraksiz, hech kimga qaratilmagan bu xabar tugmachasini bosishingiz bilan qo’lingizdagi smartfon qotib qolarkan. Ammo mayda virusni jo’natuvchilar oldindan sizni ogohlantirishga ham ulgurishmoqda.

«Bu SMS xabarni ochma, — deyilgan ogohlantiruvchi xabarda. — Uni bossang, smartfoning qotib qoladi…»

Ammo odamlar ham anoyi emas. Smartfoni qotib qolganlar, uskunani bir marta yoqib o’chirishsa, kifoya ekan. Smartfon yana odatdagidek ishlay boshlaydi.

RIA Novosti