Facebook orqali bo’lishish
Twitter orqali bo’lishish
* * *
— Oh, dugonajon, chiday olmayman! Erim yashshamagur bir o’zimni bu dunyoda yolg’iz qoldirib o’li-ib ketaverdi!.. Yo’q, men ham o’zimni o’ldiraman! Erimning yonida bo’lishni istayman.
— Menga qara, eringni hech bo’lmasa o’sha yoqlarda tinch yashashga qo’ysang-chi!
* * *
Ruhshunos bemordan so’radi:
— Xo’sh, partiya yig’ilishlaridan bahra ola boshlaganingizni qachon payqab qoldingiz?
* * *
Er-xotin janjallashyapti:
— Vey, nega menga turmushga chiqqansan-a? Har kuni qonimni ichish uchunmi?
— Men o’shanda bunchalik ahmoq ekaningizni bilmagandim.
— Yolg’on gapirma! Ahmoqligimni juda yaxshi bilgansan.
* * *
Qurol-aslaha do’konida.
— Menga 45 kalibrli to’pponcha bering!
— Xonim, sizga to’pponcha himoyalanish uchun kerakmi?
— Yo’q, himoyalanish uchun men advokat yollayman.
* * *
— Oyi, agar bir soat jim o’tirsam, bitta iltimosimni bajarishga va’da bergandingiz.
— Ha.
— Endi kechgacha baqirsam maylimi?
* * *
G’oz qahvaxonaga kirib tort va qahva oldi. Stol ustiga qo’yib, qanotlarini chayib kelish uchun tashqariga chiqdi. Qaytib kirsa, qahva yo’q. Ovozining boricha baqirdi:
— Kim mening qahvamni ichdi?
Jimlik.
— Kim mening qahvamni ichdi?
Shunda baland bo’yli yovvoyi cho’chqa o’rnidan turdi.
— Men ichdim. Nimaydi?
G’oz (bo’shashgancha):
— Tortniyam yeb qo’ya qolmabsiz-da, oka!
* * *
Yovvoyi cho’chqani o’rmon tergovchisi etib tayinlashdi. U bir kuni Tulkini kabinetga olib kirib so’roq qila boshladi:
— Ustingdagi kimning yungi?
— O’zimniki.
— Yo’q, o’g’irlagansan, o’g’irlagansan!
Tulki turmaga jo’natildi. Zerikib o’tirsa, kameraga g’oz kirib keldi.
— G’oz, seni nima uchun qamashdi?
— E, yovvoyi cho’chqa: «Har yili qaysi daromad evaziga janubga uchasan?» deyaverib bezor qildi.
* * *
Xotin gazeta o’qiyotib birdan boshini ko’tardi-da, eriga dedi:
— Qarang, odamning umrini yuz ellik yilga uzaytiradigan moslama ixtiro qilishibdi.
Er og’ir xo’rsinib javob qildi:
— Ha-a, agar bo’ydoq bo’lganimda, albatta o’sha moslamani sotib olgan bo’lardim.
* * *
Poezd kupesida gruzin qo’shni ayolga savol tashladi:
— Turmushga chiqqanmisiz, xonim?
— Ha.
— Bolalaringiz ham bormi?
— Ha, o’g’lim 23 yoshda.
— Xayrli tun!
* * *
— Do’xtir, manavi yerimning qaerlaridir og’rib ketyapti!
— Hozir men sizga qanaqadir dorilar yozib beraman.
* * *
Abramovich Isroilga sayyoh sifatida tashrif buyurdi va ortga qaytish arafasida mamlakat bosh prokurori undan so’radi:
— Kechirasiz, ketish oldidan biroz o’tirmaysizmi?
Olimjon HAYIT tayyorladi