Bu qiziq

Uyquning 12 xil turi bor

Комментариев нет

Uyquning 12 xil turi bor:

1. Sunnat uyqu.
Oftob ko’tarilib to peshin namozigacha bo’ladigan oraliqdagi bu uyqu «qaylula» deyiladi. U aqlni ko’paytiradi.

2. Bid’at uyqu.
Peshin namozi vaqtidagi uyqu.

3. Telbalikka sabab bo’ladigan uyqu.
Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo’ladi.

4. Uqubatga sabab bo’ladigan uyqu.
Kishi xufton namozini o’qimasdan uxlasa, bu dunyoda ham, oxiratda ham azob-uqubatga qoladi.

5. Odatiy uyqu.
Xufton namozidan keyingi odatiy uyqu.

6. Nadomatga sabab bo’ladigan uyqu.
Tongotar vaqtida uxlash. Shuningdek, ilmiy majlis bo’layotgan vaqtida uxlash ham nadomatga sabab bo’ladi.

7. G’aflat uyqu.
Tong otayotganida uxlab yotish. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlari Fotimaga (roziyallohu anho): «Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi», dedilar. Kim tong otayotganida uxlab yotsa, shu uch narsadan quruq qoladi.

8. Faqirlikka sabab bo’ladigan uyqu.
Bomdoddan keyin kun chiqquncha uxlab yotish kambag’allikka, devonalikka, qarzdorlikka sabab bo’ladi.

9. G’aromat (ziyon) uyqu. Kishining ibodatdan so’ng duoda, sanoda, salavotda, qiroatda ko’zi ketib qolsa, g’aromat uyqu sanaladi.

10. Rohat uyqu.
Kasal va go’daklarning uyqusi. Ular qancha ko’p uxlasa, foyda va rohat olishadi.

11. Ibodat uyqu.
Olimlar, obidlar va ro’zadorlarning uyqusi. Kishi xufton namozidan so’ng tahoratli uxlasa, farishtalar himoyasida bo’ladi.

12. Karomat uyqu.
Tunda namoz o’qib turib, charchab sajdada uxlab qolish».

Mas’ud ibn Mahmud ibn Yusuf as-Samarqandiy «Saloti Mas’udiy»

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Mana o’sha mashhur dengiz! Allohning mo’jizasi
Ayollarni tirnoqlarini bo’yashi ilk bor qaerda paydo bo’lgan?
Меню