Turkiya kinoijodkorlari tarafidan yaratilgan «Muhtasham yuz yil» ko’p qismli teleserialini tomosha qilganlar shaxsan guvoh bo’lgan. Sulton Sulaymon haqiqatan qul sifatida saroyga olib kelingan Xurramni sevib qoladi. Bu sevgisi tufayli unga uylanadi, bir so’z bilan aytganda, butun boshli dunyoni Xurramning oyoqlari ostiga tashlaydi. Ammo savol tug’iladi. Nahotki, sulton va qulning orasida afsonaviy muhabbat mavjud bo’lsa?
Ana shu savolni o’zingizga berib, keyin tarixiy ma’lumotlarga nazar solsangiz, butkul boshqa manzarani ko’rasiz. Ularda yozilganki, shafqatsiz, qattiqqo’l, yangi qonunlar islohotchisi bo’lmish sulton Sulaymon aslida Xurramni sevmagan. Bunga o’zi bosib olgan Yevropa davlatlaridagi vaziyat majbur etgan. Ular sulton Sulaymon zulmkor, qonxo’r emas, unda ham qalb bor, shu sababli qul qilingan ayolni seva oldi. U millat va tabaqa ajratmaydi. U adolatli ekanini yorqin misol orqali ko’rib qo’yishlari lozim edi. Sulaymon shu maqsadda ayyorona ssenariy, ertak o’ylab topdi. Ko’ribsizki, tez orada bu «muhabbat» butun Yevropa bo’ylab tarqaldi. Xurram sulton haqida yoshu-qari jo’shib gapira boshladi. Barcha qoyil qoldi. Sulaymonni olqishladi. Usmoniylarning o’ninchi sultoni Sulaymon esa imi-jimida qilichini qayrab, yangi bosqinlarga hozirlik ko’ra boshladi.
Qarang, o’sha paytlarda sulton Sulaymon to’qigan ertak hanuz o’z ta’sirini yo’qotmadi. Hanuz dunyo ahli shoh va qul orasidagi «muhabbat»ga ishonadi, uni olqishlaydi, usmoniylar hukmdoriga tasannolar aytadi.
zen. yandex. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi