18 dekabrda Toshkentda Ruslan Qoryog’diyev va Mohigul Shoyiqulovalar oilasida uch egizak o’g’il farzand dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.

Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo'ygan egizaklarning otasiga Prezident Cobalt sovg'a qildi

Toshkent shahrida tug’ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg’asi – Cobalt avtomashinasi sovg’a qilindi.

Shuningdek, oilaga Prezident sovg’asi sifatida kolyaska va turli sovg’a salomlar yetkazildi.