«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «NURBONU SULTON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR»

 

«Muhtasham yuz yil» serialini tomosha qilganlar Nurbonu sultonni yaxshi tanishadi. U sulton Sulaymonning o’g’li Selimga kanizak sifatida taqdim etilgan. Keyinchalik Selim imperiya taxtini egallagach, u erining ichkilikka berilganidan unumli foydalangan holda usmoniylar imperiyasini deyarli yuz foiz o’zi boshqargan.

Quyida Nurbonu sulton haqidagi tarixiy va qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Tarixiy ma’lumotlarda yozilishicha, Nurbonu Venetsianlar sulolasida yuqori lavozimni egallagan amaldorning nikohsiz tug’ilgan farzandi edi. Otasi Nikolo Venyero — Venetsiya hukmdorining akasi, onasi esa Violanta Baffo ismli ayol edi. Nikohsiz tug’ilgan bu qizga Sisiliya deya nom berishgan.

2. Selim shahzodalik paytida Nurbonu uning yotog’iga kirish imkoniga ega yagona kanizakka «favoritka»ga aylangan. Lekin hayoti davomida Selimga birgina shahzodani hadya eta olgan xolos. Qolgan to’rt farzandi qizlar edi.

3. O’g’li Murod keyinchalik otasining o’limidan keyin imperiya taxtini egallagan.

4. Tarixiy ma’lumotlarda Nurbonu o’g’li Murodning favoritkasi Sofiya sultonga yaqin qarindosh bo’lgan.

5. Selim imperiya taxtiga o’tirgach, Nurbonuni rasmiy nikohiga olgan.

6. Aytishlaricha, Nurbonu Selimga birgina shahzodani hadya eta olishi tufayli u boshqa kanizaklarni yotog’iga chorlay boshlagan. Ammo birontasi uni Nurbonudek sehrlay olmagan. Bundan tashqari, ularning hech biri Selimga bir nafardan ortiq farzand tortiq eta bilmagan.

7. Nurbonu olamdan o’tgach, o’g’li sulton Murod onasini sulton Selimning yoniga dafn ettirgan. Nurbonugacha bunday sharafga hech bir volida muvaffaq bo’la olmagan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…