Usmoniy turklar tarixidan biroz xabardor bo’lgan odam gap kimlar haqida ketishini yaxshi anglaydi. Mohidavron ham, Xurram sulton ham Sulaymonshoh Qonuniyning kanizaklari edi. Masalan, Mohidavron podshoga Mustafodek kuchli, botir va munosib shahzodani hadya etgan bo’lsa, Xurram sulton Sulaymonning suyuklisi bo’lgan. Keyinchalik o’sha davr qonuniga ko’ra, uni qullikdan ozod etib, o’z nikohiga olgan. Xurram sulton podshoga to’rt shahzoda va bir qizni taqdim etgan. Lekin saroy qonunlari Qonuniy davrida ham shafqatsiz edi. Qachonlardir usmoniylar imperiyasini boshqargan hazrati Fotih xuddi o’sha shafqatsiz qonunni o’ylab topgan. Qonunga ko’ra, imperiya taxtini egallagan podshoh aka-ukalari va taxtga da’vogarlik qila olish imkoniga ega boshqa erkak qarindoshlarni qatl etishi shart edi. Mana shu qonun Mohidavron va Xurram sultonni bir-biriga yovlashtirdi. Mohidavron Mustafo taxt egasi bo’lishini xohlasa, Xurram bu imkoniyatni o’z o’g’illaridan biriga yaratish harakatida yelib-yugurdi. Ammo boshqa bir masalaga ham e’tibor qaratish lozim. Xurram sulton birinchi bo’lib Mohidavronga yovlik qilmagan. Mohidavron bularning barchasini o’ylab topgan. O’z alamini bosh vazir, Sulaymonshohning bolalikdagi do’sti Ibrohim poshsha orqali olishda davom etgan. Xurram sultonning boshiga ko’z ko’rib quloq eshitmagan og’ir kunlarni solishdan tiyila olmagan. Shunday bo’lgandan keyin Xurram sulton qarab turarmidi. U arzirli javob qaytargan. Va to’g’ri qilgan. Sal bo’shashsa, itdek o’lib ketishi ham hech gap emasdi. Agar saroydagi qotilliklar, qatllar, xastalik tufayli o’lim topganlarni nazarda tutadigan bo’lsak, Xurram sultonning o’limidan hech kimning bir tuki seskanmasdi. Sulaymon-chi? U ham bir hafta, bir oy, boringki, bir yil aza tutar. Baribir ko’nikardi. Hayot esa davom etaverardi. Shuning uchun ham Xurram sulton o’z davrida Mohidavronga erk berib qo’yishni sira-sira xohlamagan…
Yana bir narsa. Xurram sulton shohning suyuklisi bo’lishiga qaramay, hech qachon haram qonunlarini buzmagan. Mohidavrondan Sulaymonni tortib olmagan. Qolaversa, o’sha paytlarda imperiya uchun sog’lom merosxo’r shahzodalar juda muhim edi. Shu sababli haramga dunyoning turli burchaklaridan qul sifatida olib kelingan eng go’zal qizlar yig’ilgan. Ular shoh istagiga ko’ra, o’z vazifalarini ado etishga majbur va mahkum edilar. Xurram sulton shularni bilgani uchun ham kanizaklarga, jumladan, Mohidavronga g’ayirlik qilmadi. Sulaymonshoh o’zi Mohidavronning nomaqbul ishlaridan so’ng undan yuz o’girdi. Ayniqsa, Xurram sutonga rostakamiga ishqi tushgach, deyarli boshqa kanizaklarni ko’ngli tusamay qo’ydi. Ana endi savol tug’iladi. Mohidavron va Xurram sulton. Ikkalasi ham bir-biriga keragidan ortiq yomonliklar qilgan. Xo’sh, unda kim kimni kechirishi lozim?..
Bu savolga ularning o’zi javob qaytarishgan. Hayotining so’nggi pallalariga yaqin Xurram sulton va Mohidavron xuddi shu saroyda uchrashib qolishgan va o’sha yerda bir-birlarini kechirib, bir-birlaridan uzr so’rashgan. Ammo baribir ko’ngillarining tub-tubiga cho’kib qolgan alam va nafrat zo’r kelib, bir-birlariga kimki kimga neki yomonlik qilsa, xudoyimning huzurida albatta ajrini to’lashini eslatib qo’yishni-da unutishmagan.
Masalan menga hurram umuman yoqmaymi asl tup mohitatini koradigan bolsak hurram baribir yomonligicha qolaveradi. Keraklicha izohlab berishim ham mumkin.