* * *
— Yaxshi qiz, turmushga chiqqanmisiz?
— Yo’q, ertalab ko’chaga chiqayotib shoshilganimdan bo’yanishga ulgurmadim, xolos.
* * *
Er gazetada qaysidir mashhur aktrisa sportchiga turmushga chiqqani haqidagi xabarni o’qib xotiniga dedi:
— Nega qayoqdagi anqov, ahmoq erkaklarga dunyoning eng go’zal qizlari uchraydi-a?
Xotin eriga mehr bilan boqib, so’ngra o’zini ko’zguga solib dedi:
— Rahmat, azizim!
* * *
Tong. Xotin eridan so’radi:
— Dadasi, nega kechasi uyqu orasida Nadyaxon, Nadyaxon deb baqirib chiqdingiz?
— Aytsam ishonmaysan. Tushimda men Lenin emishman!
* * *
Yarim kechasi xotin erini uyg’otib so’radi:
— Karavot ostida sichqon nimanidir qitirlatayotganday bo’lyaptimi?
— Nima qilay shunga? Miyovlaymi?
* * *
Haddan ziyod semirib ketgan xotin eriga dedi:
— Kecha mehmondorchilikda chiroyli qizlardan sira ko’z uzmadingiz!
— Men ularga san’at asari sifatida qaradim, xotin.
— Bilib qo’ying, siz uchun san’at asari faqat men bo’lishim lozim.
— To’g’ri, lekin seni oldin restavratsiya qilish kerak-da!
* * *
Bir kuni yevropalik olim rus olimiga dedi:
— Biz laqqa baliqni sigir bilan chatishtirgandik, zo’r natija berdi. Endi sigir ham yog’, ham sut beryapti.
Rus:
— Biz suvarakni tarvuz bilan chatishtirgandik, endi tarvuzni so’ysak, danaklari o’zi yugurib tashqariga chiqib ketyapti.
* * *
Ovdan charchab kelgan er xotiniga dedi:
— Xotin! Tulkidan yaramas, ayyor jonivor bo’lmas ekan.
— Nega unday deyapsiz?
— O’rmonda turibman. Tulki yugurib ketyapti. Nishonga olib otdim. U yiqildi. Borib qarasam, it bo’lib chiqdi.
* * *
Ikki kampir poezdda ketayotib suhbatlashyapti:
— Siz qaerga ketyapsiz?
— Rossiyaga ketyapman.
— Shunaqami? Men bo’lsam, Rossiyadan kelyapman.
* * *
Gazeta do’koni qarshisiga bir yigit kelib dedi:
— Menga bir quti gugurt berib yuboring!
— Nega baqirasan? Kar emasman-ku! Xo’sh, senga filtrlisidan beraymi, filtrsizidanmi?
* * *
Erkak vrachga dedi:
— Qiynalib ketdim. Uxlashga yotdim deguncha karvotim ostida kimdir bordek tuyulaveradi. Tushib karavot ostini qarayman. Hech kim yo’q. Men qaray boshlaganimda karavot ustida kimdir yotgandek bo’ladi. Turib qarayman, hech kim yo’q.
— Ha, sizga qiyin bo’libdi. Mayli, davolaymiz. Faqat aytib qo’yay, bizning dorilarimiz juda qimmat turadi.
— Mayli, o’ylab ko’ray-chi!
Erkak shu ko’yi vrach huzuriga kelmadi. Bir kuni katta ko’chada ular uchrashib qolishdi.
Vrach:
— Nimaga qaytib bormadingiz?
— E, qo’shnim ming so’m evaziga davolab tashladi.
— Yo’g’-e!
— Ha, u karavotning oyoqlarini kesib tashlashni maslahat berdi.
Olimjon HAYIT tayyorladi