Etti yoshli Rori van Ulft siltab ko’tarishda 32 kiloli, dast ko’tarishda esa 42 kiloli shtangani boshi uzra ko’tara oladi, 61 kilogrammli shtanga yordamida o’tirib-turishi va 80 kilogrammgacha yukni qo’llarining erkin turgan holatiga qadar ko’tarishi mumkin. Yaqinda u AQShda 11 va 13 yoshgacha bo’lgan 30 kilogrammli bolalar o’rtasida o’tkazilgan og’ir atletika musobaqasida g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Qizaloq og’ir atletika bilan besh yoshidan buyon shug’ullanib keladi va mashg’ulotlarga haftasiga to’rt marotaba tashrif buyuradi. Shuningdek, u gimnastika bilan ham shug’ullanadi va ushbu sport turini ma’qul ko’rgani sabab haftasiga mashg’ulotlar uchun 9 soat ajratadi.
Izohlarni ko`rish