Mercedes-Benz va BMW yarashib olganliklarini e'lon qildi. Ular hatto bir-birini reklama qilgan

Mercedes-Benz ofisining shishali fasadi har yili «kalendar»ga aylantiriladi. Oldinlari u yerga faqat uch tomoni yulduz modellari joylashtirilgan, biroq 2020 yilda Kauf lokal tashabbusi («Mahalliy mahsulotlarni xarid qiling») doirasida kompaniya Myunxendagi kichik va o’rta biznes korxonalari mahsulotlarining reklamasi uchun 24 ta «slot» ajratgan. Joylashtirish bepul amalga oshiriladi, umumiy reklama qiymati esa 750 ming yevroga teng.

Mercedes-Benz va BMW yarashib olganliklarini e'lon qildi. Ular hatto bir-birini reklama qilganImkoniyatdan foydalangan BMW 10-raqamli «slot»ni egallab, o’zining iX3 elektrokrossoverini namoyishga qo’ydi. O’z navbatida BMW Welt ko’rgazma markazida Mercedes-Benz EQC 400 elektroyo’ltanlamasi paydo bo’lgan. Kompaniya vakillarining so’zlariga ko’ra, ular shu orqali «og’ir vaqtlarda birdamligini namoyish etmoqda», shuningdek, Wir halten zamm («Birlashamiz») umummilliy kampaniyasida ishtirok etyapti.