Zimbabve va Botsvana davlatlari orasidagi quyuq Afrika o’rmonida Sapadi qabilasi yashaydi, aksariyat aholisi oyoqlarida faqat ikkita barmoqlari borligi bilan mashhur. Shuningdek, tuyaqushsimon oyoqlarida bir-biriga perpendikulyar bo’lgan ikkita bosh barmog’lari ham bor.
Olimlar bu qabida aholisini bunday g’alati oyoqlarga ega bo’lishiini qasallik yoki «tirnoq sindromi» deb atashgan. Ba’zi shifokorlar bunga noma’lum virus sabab bo’lgan deb hisoblashadi. Boshqalar bu yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohlarning natijasi deb hisoblashadi.
Markaziy Afrikaning g’alati aholisi haqida birinchi bo’lib fransuz, kelib chiqishi amerikalik sayyoh Pol du Chayl o’rgangan. 1863 yilda u Afrikadagi sarguzashtlarini tasvirlab, unda Sapadi ismli ikki barmoqli odamlar qabilasini eslab, kitob nashr ettiradi. Yuz yil o’tgach, Britaniyaning The Guardian gazetasi «Afrikaliklarni ikki barmoq bilan qidirishda. Sirli qabila» nomli Zambezi daryosining chekka hududlarida yashovchi, qabilasi ikki barmog’i bilan harakatlanadigan aholi haqida ma’lumot taqdim etgan. Aksariyat mushtariylar maqolani o’qib, ularni o’rdak deb hisoblashgan va bunga unchalik katta ahamiyat berishmagan. Ammo ikki barmoqli odamlar haqidagi xabarlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham paydo bo’la boshlagan.
Qisqa vaqtdan so’ng etnograf Buster Fillips geografik jurnallardan birida g’ayrioddiy tuyaqushsimon afrikaliklar qabilasi haqida yozadi. Uning so’zlariga ko’ra, bir vaqtlar kichik Feyr shaharchasidan uzoq bo’lmagan joyda, daraxt shoxlarida ikki barmoqli odamlarni ko’rgan. Ular nimanidir yig’ishayotgan edi, lekin u yaqinlashganda, ular daraxtdan tezda tushib, tezda qochib ketishdi. Fillipsning ta’kidlashicha, tuyaqushsimonlar umuman yovvoyi va o’zlarining yopiq dunyosida alohida yashashadi. Ular yovvoyi donlar, daraxt mevalari va qo’ziqorinlar bilan oziqlanadi.
Shundan so’ng dunyo bo’ylab ko’plab nashrlarda «Tuyaqush panjalari» nomi bilan afrikaliklarning yozuvlari va fotosuratlari nashr etila boshlandi. Olimlar bu shov-shuv g’irt yolg’on ekanligini ta’kidlab, ishonmaydilar. Biroq, harbiy uchuvchi Mark Mullinu Kanembe va Chevor daryolari orasida yashovchi qabiladan ikki barmoqli odamni aniq suratga olishga muvaffaq bo’ladi. Qo’shni qabilalar bu odamlarni Vandoma deb atashgan. Ushbu qabilaning aholisi taxminan 300-400 kishini tashkil etgan va har to’rtinchi qismida “tirnoq sindromi” bo’lgan.
1971 yilda ikki barmoqli odamlarning qabilasini qidirish uchun ilmiy ekspeditsiya tashkil etiladi. Ammo Sapadi qabilasining odamlari bilan uchrashishning imkoni yo’q edi. Ular butkul yovvoyi va tutqich bermas edilar. Agar qo’shni qabilalar rahbarlari bilan aloqa o’rnatilsa, Sapadilar bilan ham aloqa qilish mumkinligini olimlar tushinishgan va qo’shni qabilaning qabilaning aralashuvi orqali Sapadi oqsoqoli mehmonlarni qabul qiladi. Olimlarning aniqlashicha, “Tuyaqushsimon”lar o’zlarini Mozambik aholisining avlodlari deb hisoblashadi.
Qabila a’zolaridan biri Angliyaga olib kelinadi va tekshiriladi. Olimlar tirnoq sindromining paydo bo’lishiga sabab bo’lgan gen dominant ekanligini aniqlaydilar. Buni ota-onalardan biridan meros qilib olish kifoya. Professor Fillips Tobiasning so’zlariga ko’ra, bu mutatsiya tabiiy tanlanish natijasida yo’q bo’lib ketishi mumkin emas.
Sapadilar ajoyib yuguradilar, ular daraxtlarga boshqa daraxtga sakrab, maymun kabi daraxtlarga ko’tarilishadi. Ba’zida qabila a’zolari bir necha kun davomida mevalar, barglar va hasharotlar lichinkalarini yig’ib, daraxtlardan tushmaydilar.
Qabilaning ba’zi urf-odatlari g’alati. Masalan, to’ydan oldin bo’lajak er va xotin 24 soat davomida ovqat va suvsiz issiq qum ustida yonma-yon yotishlari kerak. Bunday holda, yigitning qo’llari qizning qo’llariga mahkam bog’lanadi. Yoki yana bir marosim: yangi oyda, kamida o’nlab sapadislar belgacha erga ko’milgan bo’ladi.
Shu bilan birga, ibtidoiy ko’rinadigan bu odamlar mohir tabiblardir. Ular tajribali jarroh ham qila olmaydigan ba’zi operatsiyalarni ov qurollari va tabiiy giyohlar yordamida qila oladilar.
Vaqt o’tishi bilan, “tuyaqushsimon”lar Afrikaning boshqa qismlari – Zambiya, Zimbabve va Botsvanada ham topilgan.
Manba: @etnosuz