XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

OB-HAVO HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, har soatda dunyo bo’yicha 760 marta momoqaldiroq kuzatiladi.

2. 2002 yildan beri to shu kunga qadar havo haroratining asta-sekin pasayishi kuzatila boshlagan. Bunga atmosferaga tarqalayotgan zaharli gazlar sababchi ekan.

3. 1932 yili Amerikada qish shu qadar qattiq kelganki, hatto, Niagara sharsharasi ham muzlab qolgan.

4. Eman daraxti boshqa daraxtlarga qaraganda chaqmoq urishiga ko’proq moyil bo’ladi.

5. Chaqmoq osmondan yerga emas, yerdan osmonga qarab harakatlanadi.

6. Chaqmoq erkaklarni ayollarga nisbatan o’n karra ko’proq uradi.

7. Chaqmoq urgan 10 odamning 9 nafari odatda tirik qoladi.

8. Osmondan tushayotgan bir tomchi yomg’ir pastga qarab soatiga 27, 35 kilometr tezlikda tushadi.

9. Yomg’irda «V12» vitamini mavjud.

10. Kirlangan qor tozasiga qaraganda tezroq eriydi.

11. Har yili momoqaldiroq yerga 10 million tonnaga yaqin azot olib tushadi.

12. Nam havo quruq havoga nisbatan issiqni yaxshiroq ushlab turadi. Shuning uchun namlik kuchli mamlakatlarda havo sahrolardagidan ham issiqroq bo’ladi.

13. Insoniyat tarixidagi eng og’ir do’l Amerikaning Kanzas shtatiga yog’gan. O’shanda do’lning sof vazni 700 grammga teng bo’lgan.

14. Dunyodagi eng kuchli shamol Amerikaning Oklaxoma shtatida kuzatilgan. Shamolning tezligi soatiga 512 kilometrni tashkil etgan.

15. Yevropadagi gazetalardan biri 20 yildan beri ob-havo ma’lumotini she’riy ko’rinishda chop etadi.

16. Bundan 50 yil oldin Kaliforniyada 6 kun tinmasdan qor yog’gan. Qorning qalinligi esa 6 metrga teng bo’lgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…