Yo’q, hech qanaqa qo’shimcha test o’tkazilmaydi.
Test sinoviga belgilangan kunda kira olmagan abiturientlar o’ziga berilgan imkonni qo’ldan boy berdi. Endi ular kelgusi yilda topshirib ko’radi.
Bunda qaysi sababga ko’ra kela olmagani muhim emas. Kimdir kasal bo’lib qolgan, kimdir farzandli bo’lgan, kimdir jarrohlik amaliyotini o’tkazgan, kimdir kechikkan, kimdir hujjatini esidan chiqargan, kimdir hujjatini yo’qotgan va hk.
Qanday sabab bo’lishidan qat’i nazar testga kira olmaganlar uchun yana boshqa kunda testga kirish imkoni berilmaydi.
Faqatgina pandemiya munosabati bilan 2020-2021-yillar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi chiqqan abiturientlar uchun qo’shimcha test o’tkazish belgilangan edi. Lekin o’tgan yildan buyon bu tartib bekor bo’lgan.