Turkiya Diyonat ishlari rahbari, muftiy professor, doktor Ali Erbosh Yaponiyadagi yetakchi ziyolilar bilan uchrashdi va Diyonat ishlari boshqarmasi tomonidan nashr etilgan Qur’onning yapon tilidagi ma’nolar tarjimasi bilan tanishtirdi.
Xorijiy safari bilan Yaponiyada bo’lgan muftiy Ali Erbosh va unga hamrohlik qilayotganlar Tokio Masjidi Turk madaniyat markazida yapon jamiyatining yetakchi ziyolilari bilan uchrashdi.
Qur’oni Karim tilovati bilan boshlangan dasturda so’zga chiqqan Erbosh hazratlari Qur’on musulmonlar kuchga ega bo’lmay turib, o’sha shaharlarning qalbini zabt etganini aytdi.
Muftiy jaoblari dunyoda hech bir iymon va falsafaga nasib qilmagan qalblarni zabt etishdagi muvaffaqiyat Qur’on va Muhammad alayhissalomga berilganiga diqqat qaratdi.
Qamar surasining «Qur’onni tushunilishi uchun oson qildik» oyatini o’qigan Erbosh bu oyat bilan insonlarni ulug’ kitobni yo’lboshchi qilib olishga da’vat etilganini ta’kidladi.
Muftiy asrlar davomida dunyo musulmonlarining ulug’ kitobni uzoq o’lkalarga yetkazish uchun harakat qilganini bildirdi:
“Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi Qur’oni karimni 40 ga yaqin turli tillarga tarjima qildik” dedi u.
Ali Erboshning aytishicha, Qur’onning yapon tiliga tarjimasi Diyonat ishlari boshqarmasi tomonidan 2018 yilda boshlangandi.
“Umid qilamizki, Turk Diniy Vaqf bayrami munosabati bilan tayyorlangan yaponcha tarjimani juda qisqa vaqt ichida juda ko’p odamga yetkazishga harakat qilamiz” dedi muftiy hazratlari.