«Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mamlakat terma jamoasidagi rejalari haqida gapirdi.
“Men yana bir necha yil terma jamoada qolish niyatidaman. Hali ham katta ambitsiyalarim bor. Mening motivatsiyam miqyosda emas, shuning uchun men xalqaro faoliyatimni yakunlamoqchi emasman. Oldinda bizni Jahon chempionati kutib turibdi, keyin men 2024 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etishni xohlayman”, – deydi 37 yoshli to’purar.
Krishtianu Portugaliya terma jamoasida 2003 yildan buyon o’ynab kelmoqda. Hujumchi 189 ta uchrashuvda qatnashib, 117 ta gol urgan.
Izohlarni ko`rish