Turkiyaning geografik ko'rsatkichli mahsulotlari

Unumdor qishloq xo’jaligi yerlari va turlicha geografik joylashuvga ega Turkiya, o’zining geografik ko’rsatkichli mahsulotlar bilan ham ma’lum va mashhurdir.
Turkiyadagi 5 ta mahsulot – Gaziantep paxlavasi, Aydin anjiri, Aydin kashtani, Malatya o’rigi va Milas zaytun moyi Yevropa Komissiyasi tomonidan geografik ko’rsatkichli mahsulot sifatida ro’yhatdan o’tkazilgan bo’lsa, yuzlab mahsulot esa Turk Patent va Savdo Markalari Tashkiloti tomonidan geografik ko’rsatkichli mahsulot sifatida milliy ro’yxatga kiritilgan.
Yevropa Komisiyasi tomonidan geografik ko’rsatkichli mahsulot sifatida ro’yhatga olingan Antepning paxlavasi, Aydinning anjiri va kashtani, Malatyaning o’rigi va Milasning zaytun moyi Turkiyaning ko’plab tarixiy va turistik hududlari kabi ma’lum va mashhur hisoblanadi.
Turkiyaning jug’rofiy hududlarining nomlari bilan chambarchas bog’lanib ketgan mazkur geografik ko’rsatkichli mahsulotlar shuningdek, mahalliy iqtisodiyotning va madaniy merosning ajralmas bir qismi ham hisoblanadi. Agar siz, Gazianteplik suhbatlashsangiz paxlavadan so’z boshlaydi, Aydinlik gaplashsangiz anjir va kashtan haqida gapiradi. Malatyaliklar esa o’zlarida yetishtiriladigan o’riklari bilan maqtanadi. Zonguldak shimoliga borsangiz, dunyoga mashhur Tashko’pru sarimsoq piyozi haqida ko’plab iliq gaplarni eshitasiz.
Xullas, turfa biologik xilma-xillikka ega Turkiyaning qaeriga bormang, o’sha hududga xos biror mahalliy mahsulotni kashf qilasiz. Har bir mintaqaning iqlimi va geografik joylashuvi o’sha mintaqada yetishtiriladigan mahsulotlarning lazzatiga ta’sir qilib, o’sha mintaqaga hos mahsulotning paydo bo’lishiga hizmat qilgan. Bundan mahsulotlar ro’yxatini esa uzoq davom ettirish mumkin.
15 yilda Turkiyadagi geografik ko’rsatkichli mahsulotlar turi 20 barobar oshdi
Turkiyada o’z mintaqasi nomi bilan tasnif yuzlab mahsulotlar bo’lib, mamlakatning yetti mintaqasi va 81 viloyatini qamrab olgan unumdor hududlarda eng mazali o’rmon yong’og’i, pista, choy, turli meva va rizavorlar yetishtiriladi.
Turkiya, nafaqa mazkur mahsulotlarni yetishtiradi, balki boshqa davlatlarga ham bu mahsulotlarni yetkazib beradi. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida Turkiya yetishtirilgan turli mahsulotlarni uchratishingiz mumkin. Ba’zan bu mahsulotlarning obro’si va mashhurligi o’sha mintaqaning nomidan ham oshib ketgan. Bu mahsulotlarning obro’-e’tibori shunchalik-ki, horijdagi iste’molchi qaerda bo’lmasin, Malatyaning o’rigini, Qahraman marashning qalampirini, Edremit ko’rfazining zaytunini yoki Qarsning asalini hech ikkilanmasdan xarid qiladi.
Oxirgi 15 yilda Turk Patent va Savdo Markalari Tashkiloti tomonidan ro’yxatga olingan va Turkiyaning eng qimmatli geografik va madaniy boyliklarini tashkil etuvchi geografik ko’rsatkichli mahsulotlar soni 20 barobar ortib, 932 taga yetdi. Shuningdek, 737 ta mahsulotni esa mazkur ro’yxatga kiritish bo’yicha ishlar davom etmoqda.
Turk Patent va Savdo Markalari Tashkiloti tomonidan sinchkovlik bilan tekshirilgan va ro’yxatga olingan ushbu mahsulotlar o’z mintaqasining iqtisodiyotiga va madaniy merosiga hissa qo’shmoqda.
Eng ko’p geografik ko’rsatkichli mahsulotga ega mintaqa – Qoradengiz
Turkiyada geografik ko’rsatkichli mahsulotlar ro’yxatiga kiritilgan va bu ro’yxatga kiritish jarayoni davom etayotgan eng ko’p mahsulotga ega mintaqalar orasida Qoradengiz 143 ta mintaqaviy mahsulot bilan birinchi o’rinni egallagan bo’lsa, keyingi o’rinlarda 10 ta bilan Egey, 91 ta bilan Janubi-Sharqiy Anatoliya, 82 ta bilan Markaziy Anatoliya, 73 ta bilan O’rta yer dengizi, 63 ta bilan Marmara va 62 ta mahsulot bilan esa Sharqiy Anatoliya mintaqalari o’rin egallaydi.
Yevropa Ittifoqi ro’yxatidan o’tkazish jarayoni davom etayotgan mahsulotlar
Geografik ko’rsatkichli mahsulotlar ro’yxatiga kiritish bo’yicha kerakli arizalar topshirilgan va Yevropa Ittifoqi Komissiyasi tomonidan ko’rib chiqish jarayoni davom etayotgan Turkiya mahsulotlari quyidagilardir: «Afyon sujug’i (kolbasa)», «Afyon pastыrmasi» (basturma), «Inego’l köftesi» (kotlet)”, “Kayseri sujug’i (kolbasa)”, “Kayseri pastыrmasi” (basturma), “Kayseri mantisi”, “Antep xandon pistasi”, “Antep Lahmajuni”, “Edremit ko’rfazining yashil tirnalgan zaytuni, «Giresun Tombul o’rmon yong’og’i», «Antakya Kunefesi» va «Marash Chorak noni», «Chag’layan jerit yong’og’i», «Marash tarhanasi», “Milas yog’li zaytuni”, “Gaziantep Melengich qahvasi”, “Toshko’prik sarimsog’i”.