Modrich Qatar klubidan tushgan taklifni rad etdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Qatar klubidan tushgan taklifni rad etdi, deya xabar beradi jurnalist Ekrem Konur.

Manbaga ko’ra, 36 yoshli xorvatiyalik hozirgi jamoasidagi o’yinlaridan mamnun va Madridda qolishni istamoqda.

Modrich «Real»ga 2012 yilning yozida «Tottenxem»dan o’tgan edi. «Real Madrid» tarkibida 10 yil davomida yarim himoyachi 429 ta o’yin o’tkazib, 31 ta gol urgan va 70 ta golga assistentlik qilgan. Modrich joriy mavsumda 38 o’yinda 3 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining «qirollik klubi» bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi. Xorvatiya terma jamoasi futbolchisining 10 million yevroga baholagan.