«Sening darding bizning dardimiz, Krishtianu» – «Manchester Yunayted», «Real» va ko'plab Yevropa klublari Ronalduga hamdardlik bildirdi

«Manchester Yunayted» klubi Krishtianu Ronalduning yangi tug’ilgan o’g’lining vafoti munosabati bilan portugaliyalik futbolchiga hamdardlik bildirdi.

«Sening darding bizning dardimiz, Krishtianu. Shu vaqt ichida sizga va oilangizga kuch va sabr tilab qolamiz», — deyiladi «Manchester Yunayted»ning tvitteridagi sahifasida.

Madridning «Real» klubi ham sobiq futbolchisi va klub tarixidagi eng yaxshi to’purariga hamdardlik bildirdi.

«Real Madrid», uning prezidenti va direktorlar kengashi Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning farzandlarining birinining vafoti munosabati bilan chuqur qayg’uda”, — deyiladi «Real Madrid» rasmiy saytidagi xabarda.

Portugaliya milliy futbol jamoasi, Ronaldu faoliyatini boshlagan Portugaliya «Sporting», Angliyaning «Manchester Siti», Moskvaning «Lokomotiv» va «Spartak», Angliya Premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, shuningdek, ko’plab mashhur futbolchilar hamda sportchilarga hamdardlik bildirdi.