1842 yilda Sulton Abdulmajid I tomonidan barpo etilgan va 1853-yilda qurib bitkazilgan Dolmabahche saroyi Turkiyaning eng go’zal va noyob yodgorliklaridan biri sanaladi.
Sulton Abdulmajid I tomonidan ham yashash, ham rasmiy ish uchun foydalanilgan saroyda, Abdulmajidning ukasi Sulton Abdulaziz ham ishlab istiqomat qilgan.
Dolmabahche saroyi Respublika deb e’lon qilinishi bilan Otaturkning Prezidentlik qarorgohiga aylantirilgan.
Saroy, turk millati uchun Usmoniylar davrida qurilib, respublika davrida Turkiyaning asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning prezidentlik qarorgohi va Otaturkning 1938 yil 10 noyabrda vafot etgan joyi sifatida katta ahamiyatga ega.
Saroy arxitektorlari va o’ziga xos ahamiyati
Arman arxitektorlari Garabet Amira Balyan va uning o’g’li Nigogos Balyan tomonidan qurilgan saroy Yevropa me’moriy uslublari aralashmasini o’zida mujassam etadi. 250 ming kvadrat metr maydonda joylashgan saroy uch qavatli simmetrik rejaga ega.
Saroy 285 xona va 43 zaldan iborat bo’lib, ikkita favqulodda eshikka ega. Sohil bo’yidagi saroyning o’rtasida bal va marosimlar zali joylashgan.
Saroydagi shishali ko’shk – podshoh jamoat hayotini va qo’shinlarini kuzatadigan yagona joy hisoblanadi. Shishali ko’shk, Halid Ziya Ushakligil aytganidek, “saroyning tashqi dunyoni kuzatadigan ko’zidir”.
Saroyda Uzoq Sharq, Yevropa va Turkiya asarlarini ko’rish mumkin. Saroyda kaminlar, shamdonlar va qandillar mavjud bo’lib, ballar o’tkaziladigan zalda balandligi 36 metr va og’irligi 4,5 tonna bo’lgan ajoyib billur qandil o’rnatilgan.
Dolmabahche saroyi, Usmoniylar imperiyasining eng qiyin davrlarida qurilganligiga qaramasdan, nihoyatda ko’zni qamashtiruvchi va muhtasham inshoot hisoblanadi.
Saroy, qurilganidan to 1924-yilgacha 6 ta sultonga turar joy vazifasini o’tagan.
Otaturk Do’lmabahche Saroyida vafot etgan
Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk Istanbulga qilgan safarlari davomida Do’lmabahche saroyida istiqomat qilgan. U 1938-yil 10-noyabrda esa saroyning 71-xonasida vafot etgan.
Ismet Ino’nuning prezidentlik davrida ham uning Istanbulga tashrifi va chet ellik mehmonlarni qabul qilishda saroydan foydalanilgan.
Hozigi kunda
Do’lmabahche saroyi 1984-yilda muzey-saroyga aylantirilgan bo’lib, bu muhtasham saroyga har yili yuz minglab mahalliy va xorijliklar tashrif buyurishadi.