Denis Istomin Meksikadagi turnirni g'alaba bilan boshladi

O’zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Meksikadagi turnirni g’alaba bilan boshladi.

Meksikada tennis bo’yicha “Challenger” tasnifiga kiruvchi “San Luis Potosi” turniriga start berilgandi.

Istomin turnirning 1/16 final bosqichida braziliyalik Mateus Puchinelli de Almeydani 6:7, 6:1, 6:3 hisobida mag’lub etdi. Shu tariqa, o’zbekistonlik tennischi turnirning 1/8 finaliga yo’l oldi.

Denis Istominning keyingi raqibi amerikalik Ernesto Eskobedo bo’ladi.

Ayni vaqtda, Istomin ATP reytingida 296, Ernesto esa 143-o’rinni egallab turibdi.