“Inter Mayami” bosh murabbiyi Fil Nevill “PSJ” hujumchisi Lionel Messining o’z jamoasiga o’tishi mumkinligini inkor etmayapti.
“Messining transferi? Nega yo’q? Bu sodir bo’lishi mumkinligiga ishonaman. Butun dunyo futbolchilari MLSni kuchli liga deb bilishadi. Agar Messi bizga kelsa, xursand bo’laman, chunki men eng yaxshi futbolchilar bilan ishlashni va ulardan o’rganishni yaxshi ko’raman”, — dedi Nevill.
2022 yilning noyabr oyida OAVda Messi 2023 yilning yozida “PSJ”dan Amerika jamoasiga o’tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izohlarni ko`rish