Turkiyada mavjlanib turgan okean qirg’oqlari bo’lmasada, bu mamlakatda to’lqinli so’rfing uchun mos joy yo’q deb o’ylasangiz adashasiz.
Okean qirg’oqlaridan ancha olisdagi Turkiyada Qora dengizdan Egey dengizigacha, Marmara dengizidan O’rta Yer dengizigacha so’rfing qilish uchun juda ko’plab manzillar mavjud.
Agar siz ham so’rfing ishqibozi bo’lsangiz va bu noyob sport turi bilan qaerda shug’ullanish mumkinligini bilmasangiz, siz uchun eng maqbul joy – Turkiya.
Serfing – ma’lum uzunlikdagi taxta anjomda to’lqinlarga qarshi muvozanatni saqlash sportidir. Agar siz vaqtingizni va kuchingizni ayamasangiz ushbu zavqli sport turini o’rganish borasida hech qanday to’siq bo’lmaydi.
Bundan tashqari, Turkiyada so’rfing qilishni o’rganish uchun asosiy ko’nikmalarni beruvchi maktablar va murabbiylar mavjud. Siz to’lqin kelishini soatlab kutishingiz mumkin, ammo bu hamisha kutganingizni oqlaydi. Sizga erkinlik zavqini beruvchi bu sport – tugamaydigan izlanish va sizni doimo harakatda bo’lishga undovchi kuchdir. Keling sizga bu maroqli sport bilan shug’ullanish uchun ba’zi yerlarni aytib o’tamiz.
Urla, Izmir
Izmir shahar markazi va Cheshme o’rtasida joylashgan Urla, so’rfing qilishni o’rganish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi.
Paraplanda so’rfing plyaji Gulbahche shaharchasi markazidan taxminan olti kilometr uzoqlikda joylashgan bo’lib, sayoz suvli katta havzada joylashgan mazkur markaz, yangi boshlovchilar uchun mos keladi.
Shile va Kilyos, Istanbul
Istanbul shimolidagi Qora dengiz qirg’og’i so’rfing uchun juda mos keladi. Istanbulda bo’lganingizda, Turkiyaning eng yaxshi so’rfchilari tomonidan boshqariladigan so’rfing maktablari bilan bog’lanishni unutmang. U yerda siz so’rfingdan saboq olishingiz va mavjlanayotgan to’lqinda so’rfing qilish zavqini tuyishingiz mumkin.
Kerpe, Kojaeli
Kerpe – yil davomida so’rfing qilish uchun ajoyib joy hisoblanadi. U yerda siz so’rfing maktablari, shuningdek, eng yaxshi so’rf nuqtalarida yakkaxon va guruh darslarini taklif qiluvchi so’rfing uchun qulay mehmonxonalarni topasiz.
Rafting va kanoeda eshkak eshish
Turkiyaning daryo va soylari tabiatni sevuvchilar va sarguzashtparast sport ishqibozlari uchun rafting va kanoeda eshkak eshish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.
Turkiyaning Qora dengiz sohilida 169 kilometr uzunlikdagi Choruh daryosi dunyodagi eng tez oqadigan daryolardan biri hisoblanadi. Bu daryoda o’tkaziladigan xalqaro rafting musobaqalarida dunyoning turli burchaklaridan minglab sportchilar qatnashadi.