Suares faoliyatini qaysi klubda davom etmoqchiligini ochiqladi

Madridning “Atletiko” klubining urugvaylik hujumchisi Luis Suares Turinning “Yuventus” klubiga o’tmoqchi, deya xabar beradi La Gazette Dello Sport.

Manbaga ko’ra, futbolchining o’zi Italiya klubiga o’z xizmatlarini taklif qilgan. Biroq yiliga besh million yevro olmoqchi bo’lgan hujumchining moliyaviy talablari va “Yuve” bunday summani to’lashga tayyor emasligi muammoga aylanishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, Suares 1 iyuldan erkin agentga aylanadi va boshqa klubga tekinga o’tishi mumkin bo’ladi.

35 yoshli urugvaylik futbolchi o’tgan mavsumda «Atletiko Madrid» safida barcha turnirlarda 45 ta o’yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.