O’zbekiston — Iroq o’yinidagi toshbo’ron sabab OFK jazo choralarini e’lon qildi.
Unga ko’ra, Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida bugun bo’lib o’tadigan O’zbekiston – Yaponiya bahsiga o’zbekistonlik tomoshabinlar kiritilmaydi. Yaponiyalik 500 nafar muxlis esa stadionga kirishi mumkin bo’ladi.
Shuningdek, O’zbekiston – Iroq uchrashuvida stadionda xavfsizlik yetarlicha ta’minlanmagani va OFK talablari bajarilmagani sababli O’FA 50 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi.
Eslatib o’tamiz, noxush hodisa aybdorlari qo’lga olinib, ularning ayrimlariga jazo tayinlangandi.
Izohlarni ko`rish