Sharqda Antaliyadan boshlanib, g’arbda Mug’lagacha cho’zilgan Turk Rivierasi feruza rangdagi O’rta Yer dengizi bo’yida joylashgan Turkiyaning eng mashhur dam olish mintaqalaridan biri hisoblanadi.
Bu yam-yashil mintaqada siz qadimiy shaharlar, saroylar, portlar, ibodatxonalar va boshqa ko’plab joylarni korishingiz mumkin va bu yer sizda yorqin quyoshi va xayollar ogushiga tortguvchi moviy dengizi bilan unutilmas tassurotlar qoldiradi.
O’rta Yer dengizidagi eng mashhur dam olish maskanlari
O’rta Yer dengizi sohilida joylashgan shaharlar orasida uchta shahar o’zining go’zalligi bilan alohida ajralib turadi. Bu yerlar sayyohlar tomonidan yozgi ta’til uchun eng ko’p tanlangan dam olish maskanlarining boshida keladi.
Bu shaharlar butun qirg’oq bo’ylab hashamatli dam olish maskanlari, mehmonxonalar, ko’p qavatli binolar va kemping hududlari kabi ko’plab turar joy tanloviga ega ekanligi bilan ham diqqatga sazovor.
Quyida e’tiboringizga eng sara dam olish maskanlarini havola etamiz.
Kaputash sohili
Antaliyaning eng g’arbiy qismida Kash va Kalkan shaharchalari yaqinida joylashgan Kaputash sohili yillar davomida ko’plab sayyohlarning xaritalarida o’rin olgan va mahalliy aholi va tashrif buyuruvchilar orasida eng sevimli joylardan hisoblanadi.
Kaputash sohili ommaviy turizm mintaqasi emasligi va katta kurort mehmonxonalari ham yo’qligiga qaramasdan sayyohlar eng ko’p qiziqish bildiradigan joylar orasida o’rin olgan.
Kichik do’stona mehmonxonalari bilan sayyohlarni o’ziga tortuvchi Kaputash sohiliga asosiy yo’ldan zinapoyalar orqali kirish mumkin. Baland qoyalardan tashkil topgan daralar ajabtovur manzara tashkil qiladi.
Kekova
Kekova – Antaliya viloyatining Demre tumani yaqinida, Kalekoy va Uchag’iz qirg’og’i yaqinlarida joylashgan kichik, tosh qoyalardan iborat oroldir.
Umumiy maydoni 5,7 kvadrat kilometr maydonga ega bo’lgan Kekova orolining aylanasi 19 kilometrni tashkil qiladi. Orolning tarixiy nomi Dolichiste. Kekova orolining shimoliy qirg’og’ida ko’p qismi dengiz ostida qolgan shahar xarobalari ko’rinadi. Shu sababli orol suv osti arxeologiyasi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega.
Kekova oroli qayiq sayohatlarining asosiy bekatlaridan biridir. Orolning qarama-qarshi tomonida Uchag’iz va Kalekoy aholi punktlari joylashgan. Kekova orolining g’arbiy qismida, Tersane ko’rfazi deb nomlangan joyda eski cherkov xarobalari bor. Hech kim yashamaydigan orolning bir qismida xostellar va kafelar joylashgan bo’lib, u yerga qayiqda borish mumkin.
Side
Side Turkiyaning eng mashhur qadimiy shaharlaridan biridir. Antaliyaning Manavgant tumanida joylashgan Side, o’zining tarixiy obidalari va shaffof dengiz suvlari bilan mahalliy va xorijlik sayyohlarni o’ziga chorlaydi.
Qadimgi Pamfiliya mintaqasidagi yirik port shaharlardan biri hisoblangan Side, miloddan avvalgi VII asrda, Rim davrida madaniyat, ilm-fan va yepiskoplik markazlaridan biri bo’lgan.
Sidedagi tarixiy joylar orasida Apollon va Afina ibodatxonalari, Selge xarobalari, shuningdek, o’tmishga sayohat qilishni his qilish uchun turli xil qadimiy antik teatrlar haligacha tarix izlarini o’zida saqlaganligi bilan ham sayohatchilar o’ziga tortadi.