Ronalduda «MYu»da qolishdan boshqa variant qolmadi

Krishtianu Ronaldu yozgi transfer paytida «Manchester Yunayted»ni tark etmaydigan bo’ldi.

The Athletic xabar tarqatishicha, mankunianliklar 37 yoshli futbolchi borasida faqat bir klubdan taklif olishgan. U ham Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi.

Boz ustiga, «MYu» Krishtianuni sotmoqchi emas. Ten Xag uning xizmatlaridan foydalanmoqchi.

Eslatib o’tamiz, Ronaldu «MYu»ni tark etib, Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etadigan birorta klubga o’tishni istagandi, ammo bunday klublar Krishtianu bilan shartnoma imzolashni istamadi.