AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Hozir u ayblov e’lon qilinishi bo’yicha sud mahkamasini kutmoqda.
Avvalroq, Manhetten okrugi prokuraturasi Tramp saylovoldi tashviqoti jamg’armasi mablag’laridan foydalangan holda saylov qonunchiligini buzganini ma’lum qilgan edi. Tramp va uning advokatlari aybni va jinoyat faktini rad etmoqda.
30 mart kuni Nyu-York sudi hakamlar hay’ati Donald Trampning 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi uchun mablag’larni noqonuniy o’zlashtirishga aloqadorligi haqidagi ish bo’yicha ayblov xulosasini e’lon qildi. Tergov ma’lumotlariga ko’ra, u porno aktrisa Stormi Deniels bilan ishqiy munosabatini yashirish uchun unga saylov fondidan 130 ming dollar to’lagan.
Tramp hakamlar hay’ati hukmini «siyosiy ta’qib» deb bilishini aytdi.
Yahoo News manbasiga ko’ra, Donald Trampga 34 ta band bo’yicha ayblov qo’yiladi, unga tadbirkorlik hujjatlarini qalbakilashtirish ayblovi ham qo’shiladi. Barcha ayblovlar jinoiy ayblovlar sifatida qayta tasniflanadi.
Bu tarixda birinchi marta Qo’shma Shtatlarning amaldagi yoki sobiq prezidenti jinoiy javobgarlikka tortilishidir.