«Barsa» yaqin orada Messi bilan bog'lanadi. Xavi muzokaralarda qatnashadi

Lionel Messi yangi mavsumni katta ehtimol bilan «Barselona»da boshlashi mumkin.

Fox Sports jurnalisti Veronika Brunatining xabar tarqatishicha, «Barselona» ushbu haftada Lionel Messiga dastlabki taklif bilan chiqadi. Kataloniya klubi yozda erkin agentga aylanadigan argentinalik 35 yoshli forvard bilan shaxsiy shartnoma masalasida kelishuvga erishsa kifoya. Muzokaralarda shaxsan Xavining o’zi ishtirok etishi xabar qilingan.

Qayd etilishicha, Messi «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirmaydi. Lionel yozda Parij klubini tark etib, Kataloniyaga qaytmoqchi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum «PSJ» safidagi 33 o’yinda 18ta gol va 17ta assistga mualliflik qilgan.