«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «Ibrohim poshsha va shahzoda Mustafoni nima bog'lab turgan?..»

«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «Ibrohim poshsha va shahzoda Mustafoni nima bog’lab turgan?..»

Biri sulton Sulaymonning bolalikdagi do’sti. Biri farzandi. Ibrohim Pargali jajji go’daklik paytida sulton Salimxonning saroyiga qullar qatorida keltirilgan. Shu yerda Sulaymon bilan tanishib, kelgusida yaqin do’sti, sirdoshiga aylangan. Sulaymon otasining o’limidan so’ng imperiya taxtini egallagach, yaqin do’sti Ibrohim Pargalini shaxsiy yotog’i qo’riqchisi lavozimiga tayinlagan. Keyinchalik Ibrohim poshshaga aylandi. Oxir-oqibat sulton Sulaymon uni bosh vazir lavozimiga tayinladi. Shahzoda Mustafo esa sultonning to’ng’ichi, birinchi farzandi edi. Faqat unigina sulton Sulaymon kelajakda imperiya egasi sifatida ko’rardi. Ammo dushmanlarning sa’y-harakatlari tufayli jondan aziz o’g’lini qatl etdi.

Endi asosiy mavzuga o’tsak. Xo’sh, aslida Ibrohim poshsha va shahzoda Mustafoni nima bog’lab turgan?

Ular sulton Sulaymonning eng ishonchli do’stlari edi. Oqibatda esa ikkovlari ham xoinga chiqarildi.

Ularni yana bir narsa bog’lab turardi. Ikkovlarini ham sulton Sulaymonning farmoniga asosan qatl etishgan. Ikkovlari ham sulton Sulaymonni qattiq hurmat qilishardi, qadrlashardi. Uning oilasini, volidani, Xadicha sultonni yaxshi ko’rishardi. Ikkovlari ham Mohidavron bilan chambarchas bog’liq edi.

Ular ajoyib inson, jasur jangchi va har doim so’zining ustidan chiqa oladigan shaxslar edi. Ikkovlari ham qilmishlari uchun qanday jazo kutishini yaxshi bilishardi.

Ibrohim poshsha ham, shahzoda Mustafo ham yetarlicha ma’lumot olishga ulgurgan. Farqli jihatlari shu ediki, Mustafo o’zini imperiya taxtining vorisi, Ibrohim poshsha esa o’zini bosh vazir sifatidagina tasavvur qila olardi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *