TOVUS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Tovusning vatani Osiyo hisoblanadi. Faqat bir turigina Afrikada yashaydi.

2. Myanmada tovus rasman mamlakat timsoli sifatida e’tirof etilgan.

3. Induizmda tovus ilohiy qush sifatida qadrlanadi.

4. Ayrim davlatlarda tovus patini uyda asrash balo keltiradi deya hisoblanadi.

5. Ba’zi davlatlarda tovus go’shtidan turli taomlar tayyorlashadi.

6. Tovus ham ucha oladi. Biroq u yerda yurishni ko’proq xush ko’radi.

7. Yoshi ulug’ tovuslarning uzunligi bir metrdan oshadi.

8. Tovus kobra ilonlarni ham bir cho’qishda o’ldira oladi.

9. Tovus harakatlanganda, patlari bir-biriga ishqalanish natijasida o’zidan infratovushlar taratadi. Ammo bu biz odamlarga eshitilmaydi. Olimlarning aytishicha, tovuslar xuddi shu tovushlar orqali bir-biri bilan tillashadi.

10. Tibetdagilar hanuz tovus go’shti ayrim xastaliklarga shifo deb o’ylashadi.

11. Tovus yaqinlashib kelayotgan tabiiy ofatlar, masalan, suv toshqinlari, to’fonlar va zilzilani oldindan seza oladi.

12. Zoologiya nuqtai nazaridan qaraganda, tovus tovuqning qarindoshi hisoblanarkan.

13. Uy sharoitida tovus 20 yilgacha umr ko’radi.

14. Tovusning erkagi voyaga yetgach, o’zi uchun haram tashkil etadi. Haram uch urg’ochidan iborat bo’ladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi