Shirin ichimliklar inson tishlariga zarar yetkazadi. Bu haqda Polshadagi Varshava tibbiyot universiteti xodimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari dalolat bermoqda. Tadqiqot natijalari International Journal of Environment and Health jurnalida chop qilindi, deya xabar beradi Sputnik.
Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi.
Olimlar tarkibida shakar o’rnini bosuvchi sun’iy birikmalar (ksilit, eritrit, steviya) bo’lgan va xushbo’ylashtirilgan ichimliklarning tish emal qavatiga qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganib chiqishdi.
Ma’lum bo’lishicha, shakar o’rnini bosuvchi sun’iy birikmalar glyukoza-fruktoza sharbati kabi tish yemirilishiga sababchi bo’lar ekan.
Gap shundaki, bundan bir necha yil ilgari Melburn universiteti (Avstraliya) tadqiqotchilari tarkibida kislotali qo’shimchalar (limon kislotasi – Ye330, fosfor kislotasi – Ye338) bo’lgan ichimliklar tish emalini 30-50% ga yumshatishini aniqlagan edilar.
Demak, shakarsiz ichimliklar shirin ichimliklar kabi tishlarga birdek zarar yetkazadi.
Olimlar tarkibida limon kislotasi – Ye330 va fosfor kislotasi – Ye338 bo’lgan ichimliklarga e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi. Hatto limon sharbati ham tish emaliga zarar yetkazishi mumkin.
O’z-o’zidan shirinlashtirilgan va tarkibida kislota bo’lgan ichimliklarni ichish kerak emasmi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Tish shifokorlari bunday ichimlik ichgandan keyin tish tozalamaslikni maslahat berishadi. Bir necha soat o’tgandan so’ng tozalash maqsadga muvofiq. Chunki bunday ichimliklar tish emali qavatini yumshatadi va tish cho’tkasi unga zarar yetkazishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, avvalroq tishda hosil bo’ladigan bakteriyalar qatlamining oshishi yo’g’on ichak saratonining rivojlanishini jadallashtirishi haqida ma’lum qilgan edik.