1986 yil 19 iyul kuni Toshkent teleminorasining shundoq yonida harbiylarga tegishli Mi-8 vertolyoti halokatga uchraydi. Oqibatda uning bortida bo’lganlarning barchasi halok bo’ladi. Vertolyot qulab tushayotganida teleminoraga tegib ketishiga bir baxya qoladi.
Hali zamonaviy dronlar bo’lmagan paytda Toshkent manzaralari va teleminora tasvirlangan kadrlarni yuqoridan olsih maqsadida Toshkentda joylashgan Turkiston harbiy okrugi rahbariyatidan yordam so’ralar va harbiylarning vertolyotlaridan foydalanilar edi.
Vertolyot shahar tepasidan uchadi va film operatori shahar manzaralarini tasvirga tushiradi. Kinoapparatga ikkinchi lenta qo’yilgach, tushdan so’ng yana parvoz qilishadi. Operator birinchi parvozda e’tibordan chetda qolgan joylarni tasvirga tushiradi. So’nggi kadrlar olinayotganda vertolyot teleminora atrofida aylanib ucha boshlaydi. Shu payt uning parragi shimol tomondagi qalin trossga tegib ketadi. Shundan so’ng vertolyot muvozanatini yo’qotib, qulay boshlaydi. Ana shu paytda Lobankinning asrab qolish uchun uni pastda oqayotgan Bo’zsuv kanaliga uloqtirishadi. Ammo kanalga emas, yerga tushadi va halok bo’ladi.
Keyinchalik «Olmos kamar» filmi montaj qilinganda uning ilk qismlarida halokatga uchragan Mi-8 vertolyotidan turib olingan kadrlar ham ishlatilgan.