Sharof Rashidov 1966-yildagi kuchli zilziladan so’ng vayronagarchiliklarni saranjomlagach, Toshkentda yerosti yo’li qurilishi uchun kurasha boshlaydi. Dastlab, SSSR hukumati uning bu harakatiga qarshi chiqadi.
Markazdagilar hali zilzilani, hali yerosti suvlarini bahona qilib, metro qurilishiga rozi bo’lishmaydi. Qo’pol qilib aytganda, ular Rashidovga “Sizlarga metroni kim qo’yibdi” qabilida muomala qilishgan.
Yana bir qiziq tomoni, o’sha vaqtlarda Kreml metroni Toshkentda emas, Olmaotada qurishni ko’zlagan. Lekin Rashidov “erosti relsi”ni Toshkentga bura olgan.
Ana shundan so’ng 1972-yili poytaxtda metro qurilishi boshlangan. Qurilish 1977-yili yakunlanib, metro 6-noyabrda ilk bora ishga tushirilgan.
Izohlarni ko`rish