Haydovchilik kasbi bilan shug’ullanib kelayotgan 40 yoshli bemor qornida og’riq bilan shifokorlarga murojaat qiladi. Tekshiruvlardan o’tgach esa uning tanasida bint-salfetka borligini bilib qolgan.
Bu holat yuzasidan Prokuratura organlari talabiga ko’ra, ekspertiza o’tkazildi. Taqdim etilgan videotasvirlarda haqiqatdan ham beorning qorin old devori yumshoq to’qimalarida bint-salfetka mavjudligi va bu bint-salfetka 2016 yildagi jarrohlik amaliyoti paytida yara tikilayotganida qoldirilib ketilganligi ma’lum bo’ldi.
Shifokorning bu loqaydligi bemor sog’lig’ining uzoq muddat yomonlashuviga olib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Prokuratura tomonidan shifokorga nisbatan o’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 116-moddasi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.