* * *
Qariya jajji nevarasiga ertak aytib beryapti:
— Bir zamonlar uch og’a-ini bo’lgan ekan. Ular mustaqil hayot qurish uchun yo’lga chiqishibdi. Bir yerga borishsa, chuqur bor ekan. Chuqurda esa BAXT o’tiribdi. Katta og’a BAXT dan ko’-o’p pul so’rabdi. BAXT so’raganini beribdi. Katta og’a sarmast bo’lib yo’lida davom etibdi. Keyin o’rtancha og’a chuqurga yaqinlashib, go’zal bir qalliq berishini so’rabdi. BAXT bu iltimosini ado etibdi. O’rtancha og’a go’zalning qo’lidan tutib, o’zini juda baxtli his etibdi-yu, jo’nab ketibdi. Oxirida kenja chuqurga yaqin kelibdi. BAXT undan so’rabdi:
— Senga nima kerak?
Yigit savolga savol bilan javob qaytaribdi:
— O’zingga nima kerak?
— Meni shu chuqurdan chiqarib qo’y!
Yigit qo’l uzatib BAXT ni chuqurdan tortib olibdi va hech narsa so’ramay yo’lida davom etibdi. Xo’sh, nega so’ramadi ekan-a? Bir akasi boy bo’ldi, ikkinchi akasi xotinli bo’ldi. Kenja nega BAXT dan hech narsa so’ramadi?.. Ha-a, topdingiz, bolajonlarim, topdingiz! Chunki BAXT ning o’zi kenjaga ergashib ketibdi.