Albert Eynshteyn 1922 yilda Tokioga o’z leksiyalarini o’qish uchun keladi.
Kunlardan bir kuni u yotgan mexmonxona nomerining eshigini taqqillatadilar. Bu Eynshteynga telegramma olib kelgan mexmonxona kuryeri edi. O’sha paytda Eynshteynda yoki mayda pul bo’lmaganmi, yoki pochtalon o’zining yaponcha tarbiyasiga muofiqmi xullas choychaqa olmagan. Shunda Eynshteyn kuryerni baribir xizmati uchun taqdirlashga ko’ndirib unga bir enlik xat yozib beradi (xuddi dastxatday) va bu xat qachonlardir unga xizmat qilishiga umid qilishini aytadi.
Shu bir enlik xat yaqinda auksionda kim oshdi savdosiga qo’yildi. Buni o’sha mexmonxona kuryeri o’z jiyaniga vasiyat qilib qoldirgan ekan. Eynshteyn yozib bergan qog’oz 1,5 mln $ ga sotiladi.
Xatda shunday so’zlar yozilgan ekan.
-«Omadning ketidan tinimsiz quvishdan ko’ra, oddiy kamsuqum xayot ba’zan ko’proq foyda keltiradi. »
Manba: @etnosuz