Ranglar “o’yini”
Ko’pchillikka ma’lumki, qora rang qomatni ihcham ko’rsatadi. Amma bu liboslar jamlanmasi shugina ranglardan iborat bo’lishi kerak degani emas. Sizga yoqqan ko’ylak – to’q ko’k yoki moviy tuslarda bo’lsa, ikkilanmay harid qilavering. Ushbu ranglar qomatdagi kamchiliklarni bilintirib qo’ymaydi.
Qizil yoki to’q pushti kabi ranglarni ihtiyor etsangiz, bosh ustiga. Ammo bel qismi va bo’ksaga qora yoki boshqa bo’giq tuslarda qo’shimcha bezaktushirish kerakligini unutmang. Misol uchun,ko’ylakning bel qismiga qora matodan qo’shimcha qo’shildi. Bir qarashda bu juda oddiy usul. Ammo ko’ylakni egningizga kiyganingizda natijasini ko’rasiz – belva bo’ksa o’lchami kichrayadi.
To’ladan kelgan ayollar uchun belga urg’u berish to’g’ri tanlov emas. Mabodo libosingizning bel qismida tasmasi bo’lsa, uni ko’krak qafasiga yaqinroq sohaga ko’taring.
Chiziqli matolar
Mayda gulli matolar qomatni ancha ixchamlashtiradi. Ingichka, to’g’ri chiziqlilari esa bo’y o’lchamiga bir-ikki santimetrni “hadya”etadi. Bel va bo’ksasi keng ayollarga gulli, animatsiyali, eniga chizilgan chiziqli matolar mos kelmaydi. Shuningdek, oq-qora chiziqli gazlama ham qomatdagi kamchiliklarni bilintirib qo’yishi mumkin.
Ko’ylak harid qilayotganda, albatta uning matosiga ahamiyat bering. To’ladan kelganlar uchun zich to’qilgan trikotaj, qattiq shoyi va shifon gazlamalari tavsiya etiladi.
Qomatga yopishib turmaydigan keng liboslar bilan cheklanmang. Beldan yuqorida turuvchi shim bilan ko’fta va kardigan, “qalamcha” yubkasi bilan kalta pidjak kiyilsa, qomatdagi kamchilik bilinmaydi. Shuningdek yeng qismi “qo’ng’iroqcha” uslubida tikilgan ko’fta ustidan yengsiz kardigan kiyish mumkin.
Trapetsiya yubka (ko’ylak) ham bo’ksa kengligini bilintirmaydi. Mabodo to’rli matoni ixtiyor etsangiz, gazlama ko’ylak yengi, bo’yin qismiga tushirilsa, bo’lgani. Bo’y o’lchamiga bilinar bilinmas santimertlarni uzun munchoqlar qo’shib bera oladi. Katta halqali ziraklar, braslet esa ortiqcha bezakdir.
Kundalik foydalanish va kechki oqshom uchun “zapax” bichimi mos keladi. Ushbu bichim bel va bo’ksa muammosini a’lo darajada yashira oladi.
Qomatni ixchamlashtirish uchun bir o’lcham kichiklibos harid qilmang. Bu xato ish. O’lchamingizga mosini kiysangiz, qomatingizdan tashvish qilmaysiz.
Korreksiyalovchi ich kiyimdan foydalaning. Qorinni ichkariga tortib turuvchi, korsetli ich kiyimlar ko’ylak ostidan kiyinganda umuman bilinmaydi.
Burmalar, applikasiya, qo’sh etakli liboslar bilan o’ylashib “muomala” qiling. Unutmang, sizga ma’qul kelganini qomatingiz qabul qilmasligi ham mumkin. Bel qismi rezinkali yubkalardan voz keching. Bunday yubka beldagi burmalarni yana ham ko’paytiradi.
Shim tanlovida to’g’ri tushirilgan bichimlarga ixtiyor bering. Tor shimlar siz uchun emas.
Qad qomatingiz raso bo’lishini istasangiz, poshnali poyabzal kiying. Bunday oyoq kiyimi ortiqcha kaloriyalar parchalanishida ham asqotadi.
Obrazda bir tusdagi ranglardan foydalaning. Ikki uch hil ranglar uyg’uligi ba’zan kutilgan natijani bermaydi.