Tarixchilar fikriga ko’ra, ayollar libosidagi ilk dekorativ elementlar bundan 5000 yil avval paydo bo’lgan. Bronza asriga kelib esa to’g’nog’ichlar mahsus buyum sifatida liboslarga qadala boshlagan.
Ushbu buyum, ayniqsa, Skandinaviya, Germaniya va Vengriyada ommabop bo’lib, temir asrida Yevropa mamlakatlarida paydo bo’ldi.
O’sha davrdagi Vengriya to’g’nog’ichlari hozirgi ingliz to’g’nog’ichlarini yodga solgan.
Qadimgi Yunoniston va Rim to’g’nog’ichlari qimmatbaho toshlar bilan bezatilib, zargarlik san’ati namunalarini o’zida aks ettirgan.
Uyg’onish davrida toэg’nog’ichlarning klassik uslubdagi variantlari paydo bo’ldi va asta- sekinlik bilan o’z ko’rinishini o’zgartirib bordi.
Ushbu buyum bugungi kunda ham insonlarga beminnat hizmat qilish va turfa obrazlarni to’ldirish uchun keng qo’llanib kelinmoqda.