Tilla bolaga yo'liqqan biznesmen

Bu hikoya Angliyaning Xartfordshir grafligidagi Neobuort qasrida yashaydigan arvoh bola haqida. Bu Tilla bolaga duch kelgan odam uzoq yashamaydi. U qanday vafot etishingizgacha aytib beradi. Bu haqda eshitgan odamlar mehmonxona vazifasini o’tagan qasrdan olisroq yuradi. Shuning uchun ham hozir bu qasr kimsasiz. Unda hech kim mehmon bo’lishni istamaydi. Mashhur korchalon Lord Kaslrey qasrning so’nggi mehmoni edi. U Tilla bola haqida eshitmagan va bu haqda hech kim biznesmenni ogohlantirmagandi. O’sha kuni nonushtaga tushgan mehmonning aft-angoriga qarab bo’lmasdi. Uning rang-ro’yi oqargan, xuddi kasal odamday ko’rinardi. Lord Kaslrey uyiga g’alati kayfiyatda qaytdi va xotiniga qasrda yuz bergan g’alati voqea haqida so’zlab berdi. Unga sochlari tilla rangdagi bolaning arvohi ko’ringanini, bola tinimsiz bo’yniga ishora qilganini aytdi. Ruhning ma’yus qiyofasi uni tashvishga solibdi. Shu kundan boshlab Kaslrey butkul o’zgardi. U o’z-o’zidan tushkun ahvolda yuradigan, odamlardan qochadigan odat chiqardi. Odamovi bo’lib qolgan korchalon bir kuni erta tongda turib, xotiniga doktorni chaqirishni, o’zini yomon his qilayotganini aytdi, biroq ayol shifokorni chaqirishga ulgurmadi. Chunki eri stol ustida turgan pichoqni oldi-da, o’z joniga qasd qildi. Lord Kaslreyning hayotini saqlab qolishning imkoni bo’lmadi.

(“7 Mo»jiza” xazinasidan)