Kunni kulgi bilan qarshilang!

Qabristondan qaytayotgan ikki kampir suhbatlashyapti: – Yoshingiz nechada? – Sakson yettida. – Shu yoshingizda pardoz qilib yurganingizga o’laymi?! – Ha, endi… O’zingiz necha yoshdasiz? – To’qson uchda, aylanay. – Uyga qaytib ovora bo’lib yurganingizga o’laymi?

***
Shogird ustozidan so’rabdi:
— Ustoz, bizning futbolchilar hujumda yaxshi o’ynaydimi, yo himoyada?
Ustoz
— Eh bo’tam bizning futbolchilar to’yda zo’r o’ynaydi, to’yda. – dermish.

***
Telegramda:
— U mendan mashinangiz bormi? – deb so’radi. Men esa:
— Ha albatta, – dedim. Shundan so’ng u:
— Rostanmi? – dedi.
— Ha, faqat u menga emas, onamga tegishli. Agar menga turmushga chiqsang, u seniki bo’ladi, – dedim.
U xursand bo’ldi. Keyin mendan mashinani rasmini jo’natishimni so’radi. Men vannaga kirib kir yuvadigan mashinani rasmga olib jo’natdim. 2 daqiqadan keyin qarasam, u meni bloklab qo’yibdi. Balki, unga tikuv mashinasi bor yigitlar yoqar?