TikTok 2021 yilning eng mashhur musiqalari reytingini e'lon qildi

Reytingda pop, hip-hop, rep yo’nalishidagi musiqalar yuqori o’rinni egallagan
Dunyoda eng ko’p foydalanuvchilarga ega bo’lgan TikTok 2021 yilning eng mashhur musiqalari reytingini e’lon qildi.

Reyting natijalariga ko’ra, 2021 yilning eng mashhur musiqalari hip-hop, rep yo’nalishida ijro etilgan va elektronik asboblar yordamida chalingan. Ro’yxatdagi yuqori o’rinlarni aniqlashda TikTok foydalanuvchilarining qancha miqdorda shu musiqalardan foydalanganligi inobatga olingan. Ularning orasida oddiy uy sharoitida ijro etilgan musiqalardan tortib eng qimmat ovoz yozish studiyalarida yaratilgan qo’shiqlar ham bor.

«TikTok’dagi eng mashhur musiqa» birinchiligini avstraliyalik rep xonandasi Masked Volf ijrosidagi «Astronaunt in the Ocean» musiqasi egalladi. Ikkinchi o’rinni 2007 yil boshida yaratlgan Eurovision Maneskin, uchinchi o’rinni hip-hop janrida ijro etilgan Aderall va Popp Hunnaning taronasi, to’rtinchi o’rinni kanadalik ijodkor tomonidan yaratilgan «SugarCrash!» musiqasi va beshinchi o’rinni taniqli xonanda Jastin Biber ijrosidagi «The Kid Laroi Stay» taronasi egalladi.

Avvalroq, 2021 yilning eng yaxshi film va seriallari ma’lum qilingani haqida xabar berilgan edi.